1

Prezident hujjatlari ijrosini Adliya vazirligi nazorat qiladi — Shavkat Mirziyoev

Siyosat 29.12.2020, 20:10
Prezident hujjatlari ijrosini Adliya vazirligi nazorat qiladi — Shavkat Mirziyoev

Har qancha dolzarb, muhim qonunlar, farmonlar, qarorlar qabul qilinmasin, ular ijro qilinmasa, aholining hayot sifati va darajasini yuksaltirish bo`yicha harakatlar samarasizligicha qoladi.

Ijro qilinmagan qonun, qabul qilinmagan qonundan zararliroq. Chunki u qonun ustuvorligini ta`minlash bo`yicha olib borilayotgan ishlarni shubha ostiga qo`yadi.

Bugun Prezident tomonidan Oliy Majlisga yo`llagan murojaatnomada ham ayni masalaga alohida urg`u berildi.

Ta`kidlanishicha bundan buyon, Adliya vazirligining asosiy vazifasi qabul qilingan hujjatlarni mas`ullarga etkazish, tushuntirish, amaliyotda qo`llashga ko`maklashish va nazorat qilish hicoblanadi.

Tan olish lozimki, qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish oxirgi paytda ko`proq rasmiy xarakterga aylanib qolgan edi. Ya`ni asosiy urg`u qarorlarni bajarilishi ustidan nazorat qilishga qaratilgan edi.

Endi mazkur masalada yangi tizim taklif etildi. Unga ko`ra qabul qilingan qonunlar, farmon va qarorlarining to`g`ri va aniq mazmun va mohiyati viloyat, tuman (shahar) rahbarlariga bevosita etkaziladi.

Mazkur hujjatlarda belgilangan ijrochilar tomonidan ayrim masalalarda tushunmovchiliklar yuzaga kelganda, adliya organlari tomonidan topshiriq to`laqonli tushuntirib berish choralari ko`riladi. Bunda, adliya organlariga zarur sharoitlar yaratiladi.

Prezident yoki boshqa qonun hujjatlari bilan berilgan topshiriqni ijro etishda, ijrochi vazirlik va idoralar tomonidan ijroni ta`minlashda qiyinchiliklar yuzaga kelganda, adliya organlari ushbu topshiriqni ijrosi tashkil etishga ko`maklashadi. Biroq, bu narsa Adliya vazirligi topshiriqni bevosita bajaruvchisiga aylanib qoladi degan emas albatta. Vazirlik topshiriqni bajarish uchun o`ziga hos yo`naltiruvchi vazifasini bajaradi xolos.

Ta`kidlash joizki, har bir vazirlik va idora hujjatlarda berilgan topshiriqlarni vijdonan, to`liq, sifatli va o`z vaqtida bajarishga majbur. Har bir rahbar bunga shaxsan mas`ul ekanligi hech kimga sir emas. Aslida ularning tepasida turib, “niqtash” ham kerak emas.

Deylik, biron-bir vazirlik topshiriqni bajarmadi. Davlat rahbari aytib o`tganlaridek, kerak bo`lsa, lavozimidan ozod etishgacha bo`lgan choralar ko`riladi. Bu masala shaxsan Davlat rahbarini nazorat ostida ekanligi ta`kidlanmoqda.

Ushbu maqsadda, Adliya vazirligida maxsus alohida bo`linma tashkil etiladi va ularga zarur vakolat va resurslar beriladi. Uning respublika bo`ylab, hududiy bo`linmalari ham tashkil etiladi.

Ular, qonun hujjatlari talablarini ijro qilmaslik, normalarni o`zboshimchalik bilan yoki noto`g`ri talqin qilish, qonunni qo`llashda sub`ektivlik, tor idoraviy yondashish holatlarini aniqlaydi va kelgusida yo`l qo`ymaslik choralarini ko`radi.

Bundan tashqari, topshiriqlarni bajarilishiga to`sqinlik qilayotgan muammolarni ham aniqlaydi hamda ularni bartaraf etish choralarini ko`radi.

Faoliyat natijasi bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga tanqidiy axborot kiritiladi. Uning asosida albatta tegishli mansabdor shaxslarga nisbatan javobgarlik choralari ko`riladi. Eng asosiy yangiliklardan biri, bu mazkur jarayonga keng jamoatchilikni jalb qilish vazifasi ham qo`yilgan.

Bunda, “jamoatchilik eshituvlari” va “jamoatchilik monitoringi” institutlaridan keng foydalaniladi. Ya`ni ijrosi bajarilmagan topshiriqlar bo`yicha ma`lumot fuqarolar tomonidan xabar berish tizimi orqali yuboriladi. Kerak bo`lsa, mobil ilova ishga tushiriladi.

Yuqorida aytib o`tilgan jarayonlar barcha ommaviy axborot vositalari, jumladan televidenie orqali “Prezident qarorlari – hayotda va nazoratda” dasturlari yordamida yoritiladi.

Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi

 

Mavzuga doir:

Prezident saylovlari xalqaro tamoyillar asosida o`tkazilishi kerak — Shavkat Mirziyoev

Davlat rahbari 2021 yil nomini e`lon qildi

Pandemiya jahon iqtisodiyoti uchun har oyda qariyb 400 milliard dollar miqdorida zarar keltirmoqda — Shavkat Mirziyoev

2021 yilda soliq sohasida nimalar o`zgaradi?

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1