AsosiyShou-biznes

Rayhon to`ylarda raqsga tushmasligiga izoh berdi

Xonanda Rayhon dunyo hayotidagi salbiy o`zgarishlar haqida qo`shiq kuylashni rejalashtirmoqda.

Bu haqda u “Shov-shuv” nashriga bergan intervyusida aytib o`tdi.

“Aynan shu borada yangi qo`shiq kuylashni rejalashtirganmiz. Biz san`atkorlar siyosatchilardan farqli o`laroq, bu borada qo`shiq orqali qandaydir hissa qo`shishimizga umid qilaman. Xudoga shukur, biz shunday mamlakatda yashayapmizki, farzandlarimiz osuda tun bag`rida uxlab, kulib turgan quyosh mehri ila uyg`onmoqda. Har bir vatandoshimiz o`z sevimli kasbi bilan shug`ullanib, yurt farovonligiga o`z hissasini qo`shmoqda. Bunday yorqin hayot baxtdan jo`shib kuylashga zamin yaratadi”,-deydi xonanda.

“Sahnadagi Rayhon to`ylardagi Rayhondan farq qiladi. Nega to`ylarda raqsga tushmaysiz?” degan savolga Rayhon quyidagicha javob berdi:

“To`ylarda ham raqsga tushaman. Biroq, joy kichiklik qiladi. Harakatlanishga qulay libosda bo`lmaymiz ham. Biroq, to`ydagi ommaga imkon qadar energiya berishga harakat qilaman”.

    Boshqa yangiliklar