Times nashri 2020 yilning eng esda qolarli 100 ta rasmini e`lon qildi. Quyida ularning ayrimlarini keltirdik:

16 yanvar kuni Janubiy Avstraliyaning Kanguru orolida yuz bergan yong`indan qutqarib olingan koalaning tanasidagi olovni o`chirish uchun uning ustidan volontyor suv quymoqda.

11 avgust kuni Xoda Kinno ismli qiz 4 avgustda Bayrutda yuz bergan katta portlashdan keyin amakisi Mustafo tomonidan evakuasiya qilinayotgan jarayon. Hassan Ammar—AP

Jorj Floydning o`limiga sabab bo`lgan polisiyachi rasmini bo`yab, norozilik bildirayotgan fuqaro. Malike Sidibe for TIME

Minneapolis shtatida nohaq o`lim topgan Jorj Floyd uchun o`rnatilgan yodgorlik. Brandon Bell

Tibbiyot xodimi Hindistonning Pune shahridagi Dhole Patil mahallasida fuqaro ayolning harorati va kislorod bilan to`yinganligini tekshirmoqda. 10 avgust Atul Loke for TIME

Atlantika okeani 22-sentyabr kuni Avon shahridagi ijaraga olingan plyaj uyiga kirib bordi. Daniel Pullen

Hibsga olingan Manilalik Reina Mae Nasino ismli ayol, kishanlangan va o`zidagi koronavirusni atrofdagilarga yuqtirmaslik uchun himoyalangan holda, uch oylik qizi Riverning dafn marosimida qurolli eskortlar tomonidan qo`riqlanmoqda. Aaron Favila—AP

The Los Angeles Lakers jamoasi mashhur sportchi Kobe Bryant va uning qizi Gigi'ga atab o`tkazgan xotira kechasidan lavha.
Harry How—Getty Images

Koronavirusdan vafot etgan bemorning tanasi skotch bilan o`rab, zararsizlantirilgan.
Joshua Irwandi

Xitoyning Uxan shahridagi kasalxonaning yaqinida yiqilib vafot etgan fuqaroning atrofida himoya kiyimidagi rasmiylar.
Hector Retamal—AFP/Getty Images

Buyuk Britaniyaning primer ministri Boris Johnson va Fransiya prezidenti Emmanuel Macron ijtimoiy masofani har doim saqlash kerakligini ko`rsatyapti.
Simon Dawson—Bloomberg/Getty Images

Las vegasdagi uysiz odamlar pandemiya sabab parkovka joylarida tunashgan.
Tod Seelie—The Guardian

Sobiq vise prezident Bayden Prezidentligini Kamala Xarris bilan nishonlamoqda.
Erin Schaff—The New York Times/ReduxPhilip Montgomery

Karantin sabab Olivia Grant buvisi Mary Grace Sileo'ni sellofan paket ortidan quchmoqda
Al Bello—Getty Images

60 yoshli koronavirus bilan kasallangan bemor sohil bo`yida shifokorlar qurshovida davolanmoqda. Ispaniya
Emilio Morenatti—AP

Fuad Izmailov Armaniston raketalari hujumidan vafot etganidan so`ng ko`p o`tmay opasi uning qo`llarini o`pmoqda
Ivor Prickett—The New York Times/Redux

22 oktyabrda Amerika samolyoti yo`lovchilari Tramp va Bayden o`rtasidagi saylovning eng so`nggi bosqichdagi debatini onlayn kuzatmoqda.
Salwan Georges—The Washington Post/Getty Images
Risolat Maxsimova tayyorladi






