Andijon viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o`tkazishdi.
Andijon tumanida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro S.I. boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtomashina to`xtatilib, o`rnatilgan tartibda ko`zdan kechirildi.
Natijada, avtotransport vositasi yukxonasida umumiy qiymati 132 million so`mlik 364 100 dona pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.
Shuningdek, yana bir holatda fuqaro T.N. boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtomashina to`xtatilib, o`rnatilgan tartibda ko`zdan kechirildi.
Tekshiruv davomida, avtomashina yukxonasida fuqaro X.Sh.ga tegishli bo`lgan qutilarda umumiy qiymati 19,2 million so`mlik 52 800 dona pirotexnika vositalari borligi ma`lum bo`ldi.
Ma`lumot o`rnida aytish mumkinki, pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlik ko`zda tutilgan.
Xususan, Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 1851-moddasiga muvofiq, pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo`natish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda O`zbekiston Respublikasiga olib kirish (O`zbekiston Respublikasidan olib chiqish) yoki o`tkazish - huquqbuzarlik ashyolari musodara qilinib, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi.
Jinoyat kodeksining 2501-moddasida esa bunday qilmishlar sodir etganlar uchun jinoiy javobgarlik ham belgilangan.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.






