AsosiyJamiyat

Byudjet jarayonining ochiqligini ta`minlash tartibini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi

'Byudjet jarayonining ochiqligini ta`minlash tartibini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi'ning rasmi

“Byudjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartirish va qo`shimchalari kiritish to`g`risida”gi Qonun (O`RQ–660-son, 30.12.2020 y.) Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali ma`lum qildi.

Qonun bilan 4 ta qonun hujjatlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi.

Xususan, Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksga kiritilgan o`zgartirishga ko`ra, byudjet jarayonining ochiqligini ta`minlash tartibini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi. Mazkur tartib 2021 yil 1 apreldan kuchga kiradi.

 Shuningdek, Byudjet kodeksi Soliq kodeksi hamda amaldagi boshqa qonun hujjatlariga muvofiqlashtirildi.

 Shu jumladan, Byudjet kodeksiga tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlarga oid norma kiritildi.  

 Unga ko`ra, tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar qaytarmaslik sharti bilan hududiy byudjetlar, davlat maqsadli jamg`armalari byudjetlari xarajatlarining tegishli daromadlar prognozidan oshgan qismini qoplash uchun beriladi.

Bundan tashqari, byudjet jarayonining ochiqligini ta`minlash tartibi belgilandi.

Byudjet mablag`raliri taqsimlovchilar, davlat maqsadli jamg`armalari, Tiklanish va taraqqiyot jamg`armasi har chorak yakuni bo`yicha keyingi oyning 25 sanasiga qadar o`z saytlarida quyidagi ma`lumotlarni joylashtirishi lozim:

 

●  o`ziga tegishli byudjet tashkilotlari kesimida byudjet mablag`lari taqsimoti;

●  davriy moliyaviy hisobotlar;

●  kapital qo`yilmalar hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar ijrosi.

    Boshqa yangiliklar