AsosiyJamiyat

To`kin bayram dasturxonidan ko`p ovqat eb qo`ymaslik uchun mutaxassisdan tavsiyalar

'To`kin bayram dasturxonidan ko`p ovqat eb qo`ymaslik uchun mutaxassisdan tavsiyalar'ning rasmi

Aholining sog`lom turmush tarzini qullab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi mutaxassisi Sayyora Mullaevaning ta`kidlashicha, dasturxon nechog`lik to`kin bo`lmasin, birdaniga ko`p ovqat eb qo`ymaslik kerakligini, har bir ovqatni kam-kamdan eyishni tavsiya qildi.  

  •  quyuq ovqatlardan oldin sabzavot va mevalardan tayyorlangan salatlar eng, bu ishtahangizni jilovlab, ko`p eb qo`yishdan saqlaydi;  

 

  • ovqatni ko`katlar bilan va xom holdagi sabzavot (masalan sabzi, karam va turp va h.k) va mevalardan tayyorlangan salatlar bilan qo`shib iste`mol qilsangiz hazm qilish osonlashadi;

 

  • ovqatlar oralig`ida olma sharbati ichib turing;  

 

  • iste`mol qilinayotgan ovqat mahsulotining harorati me`yorda bo`lishi lozim, taomni o`ta issiq va sovuq holda iste`mol qilish organizm uchun zarar hisoblanadi;

 

  •  issiq ovqatlar oralig`ida ko`k choy iching, zinhor issiq ovqat bilan muzdek ichimlik ichmang, aks holda hazm bo`lishi qiyinlashadi;

 

  • har bir ovqatlanish oralig`ida harakatda bo`lish, o`tirib qolmaslik,  xonalarda yurish yoki biroz piyoda sayr qilib kelish, eyilgan ovqat hazm bo`lgandan so`ng, boshqa taomlardan tanovul qilish mumkin.

 

  • agar bayram kuni dasturxonda xamirli ovqatlar yoki yog`li, qovurilgan ovqatlar bo`lsa, avvalo, me`yorni unutmang, ularni qatiq va qatiqli salatlar va oshko`klar bilan eng va albatta ko`k choy ichib, hazm bo`lguncha kuting, ustiga boshqa ovqat aralashtirmang;

 

  • bayram kuni ko`proq yog`siz go`shtlardan tayyorlangan ovqatlar bo`lgani ma`qul. Parhezbop hisoblangan tovuq go`shtidan foydalaning.  

 

  • dasturxonga mevali tort tanlang va kaloriyasi past bo`lgan shirinliklardan qo`ying. Chunki, shirinliklarga ruju qo`yish oshqozon osti bezini zo`riqtiradi, oqibatda esa qandli diabet deb atalmish og`ir kasallik rivojlana boshlaydi.

 

  • barcha iste`mol qilinayotgan ovqat mahsulotlari toza, muddati o`tmagan va etarli darajada texnik qayta ishlovdan o`tgan bo`lishi kerak;

 

  • taomlarni iloji boricha bir kun ichida tayyorlab, iste`mol qilish o`rinli. Chunki qayta isitib eyilgan ovqatning organizm uchun foydasi kam bo`ladi. Bundan tashqari, bayram kuni zo`riqqan oshqozon- ichaklarda yanada zo`riqish kuzatilib, noxush holatlarga sabab bo`lishi mumkin.

 

  • Ovqat tayyorlashda hayvon yog`lari o`rniga o`simlik yog`larini ishlatish lozim. Chunki o`simlik yog`lari tarkibida xolesterin moddasi bo`lmaydi, shuning uchun engil hazm bo`ladi. Hayvon yog`lari tarkibida yuqori darajada xolesterin moddasi bo`ladi;  

 

  • Ovqatni pishirishda keragidan ortiqcha qovurmaslik kerak, chunki zarur bo`lgan vitaminlar va faol moddalar o`z xususiyatini yo`qotadi. Taomlarni ko`proq qaynatib, bo`g`lab tayyorlash. Bu ovqatning xavfsizligini ta`minlash bilan birga uning tarkibidagi yog`, tuz va shakar miqdorini kamaytirishga ko`maklashadi;

 

  • Bayram dasturxonidagi sho`r bodring, tuzlamalardan o`zingizni tiying. Sutka davomida iste`mol qilinadigan osh tuzning umumiy miqdori bir choy qoshiqdan oshmasligi kerak.  

 

  • Osh tuzini ko`p iste`mol qilish ko`rish jarayonining buzilishiga, qon bosimining oshib ketishiga va buyrak xastaliklariga sabab bo`ladi. Taom pishirishda faqat yodlangan osh tuzini ishlatish zarur.  

 

 

    Boshqa yangiliklar