AsosiyJamiyat

2020 yilda maktablarga yordam bergan TOP-10 vazirlik va idoralar bilan tanishing!

'2020 yilda maktablarga yordam bergan TOP-10 vazirlik va idoralar bilan tanishing!'ning rasmi

Xalq ta`limi vazirligi otaliqqa biriktirilgan umumta`lim maktablariga 2020 yil davomida moddiy va ma`naviy ko`mak bergan TOP-10 vazirlik va idoralari nomini ma`lum qiladi.

Ushbu davlat tashkilotlarining rahbar va o`rinbosarlari o`zlariga biriktirilgan umumta`lim maktablariga 2020 yil davomida tashrif buyurib, xalq ta`limi sohasining chinakam hamkorlariga aylandi.

Jumladan, Milliy olimpiya qo`mitasi yordamida Olmazor tumanidagi 234-sonli maktabda Innovasion texnologiya xonasi, Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi ko`magida Yunusobod tumani 250-sonli maktabda SMART xonalari tashkil etilgan bo`lsa, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yunusobod tumani 302-sonli hamda Ichki ishlar vazirligi tomonidan 58-sonli maktabda keng ko`lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Shuningdek, Uchtepa tumani 74-son maktabi («O`zdonmahsulot» AJ)ning ta`mirtalab pol qismlari zamonaviy ta`mirlandi. Chilonzor tumanidagi 173-son umumta`lim maktabining 4 ta sinf xonasi “O`zbekiston temir yo`llari” AJ yordami bilan mukammal ta`mirlandi, o`quvchilar uchun sport maydonchasiga uskunlar o`rnatildi hamda keng ko`lamdagi obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Bundan tashqari, Shayxontohur tumanidagi 132-, 136-, 141- va 180A-sonli maktablarda «O`zbekneftegaz» AJ rahbar va o`rinbosarlari tomonidan ko`plab badiiy adabiyotlar, zamonaviy kompyuter texnikalari (printer, elektron doska, rangli nusxa ko`chirish uskunasi va boshqalar) sovg`a qilindi. O`zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi tomonidan Sergeli tumanidagi 269- va 277-son umumta`lim maktablari uchun antiseptik vositalari (dozator, pirometr, tibbiy niqoblar va boshqalar) etkazib berildi. Shuningdek, Geologiya va mineral resurslar davlat qo`mitasi otaliqqa olgan maktablari (Yunusobod tumani 12-, 21- va 43-sonli umumta`lim maktablari)ga kuzatuv kameralari va yong`inga qarshi o`t o`chirish vositalari etkazib berdi.

Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan Uchtepa tumanidagi 123-, 129-, 197- va 203-sonli umumta`lim maktablarida o`qituvchilar nufuzini oshirishga, o`quvchilarni kasbga yo`naltirishga qaratilgan davra suhbatlari o`tkazildi. Shuningdek, xorijiy tillarda chop etilgan qimmatbaho badiiy adabiyotlar, kompyuter jamlanmalari, antiseptik vositalar va o`quv qurollari sovg`a qilindi.

Xalq ta`limi vazirligi umumta`lim maktablari o`qituvchilari jamoasi hamda o`quvchilar va ularning ota-onalari nomidan 2020 yilda xalq ta`limi sohasini qo`llab-quvvatlagani uchun vazirlik va idoralarga samimiy minnatdorchilik izhor qildi/

 

    Boshqa yangiliklar