AsosiyJamiyat

Yangi o`quv yilidan 10 ming nafar xorijlik talaba yurtimiz tibbiyot oliy o`quv yurtlarida ta`lim olishi rejalashtirilmoqda

'Yangi o`quv yilidan 10 ming nafar xorijlik talaba yurtimiz tibbiyot oliy o`quv yurtlarida ta`lim olishi rejalashtirilmoqda'ning rasmi

Mamlakatimizda tibbiyot sohasi uchun 9 ta oliy ta`lim muassasasi va ularning 2 ta filialida malakali kadrlar tayyorlanmoqda.

Ma`lum qilinishicha,  hozirda yurtimiz tibbiyot oliy o`quv yurtlarida 16 ta mamlakatdan 1500 nafarga yaqin xorijlik talaba tahsil olmoqda.

Yurtimizda  qisqa vaqt ichida  bakalavriat va magistratura bosqichlari qabul kvotalari 25 foizga, klinik ordinatura kvotalari esa 30 foizga oshirilgan. 6 ta yangi ta`lim yo`nalishi, 17 ta yangi mutaxassislik tashkil etilgan.

Har yili 500  nafarga yaqin xorijiy mutaxassislarning O`zbekistonga tashrifi va qariyb  600 nafar mahalliy mutaxassislarning xorijda uzoq muddatli malaka oshirish tizimi yo`lga qo`yilganligi quvonchli voqea bo`lgan.

Shuningdek, sog`liqni saqlash sohasiga kadrlar tayyorlash borasida xorijiy tibbiyot ta`lim muassasalari bilan keng hamkorlik, ularning fakultetlari va filiallarining ochilishi, ikki tomonlama diplom berish tizimini yo`lga qo`yish bo`yicha Rossiyaning 17 ta, Italiyaning 2 ta, Koreya Respublikasining 2 ta oliy ta`lim muassasasi, shuningdek, Germaniya, Ispaniya, Turkiya, Xitoy va Hindiston oliy ta`lim muassasalari bilan shartnoma va kelishuvlar imzolangan.

2021-2022  o`quv yilida O`zbekistonda 50 dan ortiq davlatdan 10 ming nafardan ziyod xorijlik talabalar tahsil olishi kutilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar