AsosiyJamiyat

Toshkentdagi Vestminster universitetida sog`liqni saqlash yo`nalishida yangi magistratura dasturi ochildi

'Toshkentdagi Vestminster universitetida sog`liqni saqlash yo`nalishida yangi magistratura dasturi ochildi'ning rasmi

Bu yilgi hodisalar tibbiy ma`lumot va sifatli tibbiy xizmatning naqadar muhimligini isbotladi. O`zbekiston hukumati ushbu muammoni dolzarbligini anglagan holda, sog`liqni saqlash tizimini qo`llab-quvvatlash va kasalliklarning oldini olish tashabbuslarini amalga oshirish orqali O`zbekiston aholisining salomatligi va farovonligini yaxshilash uchun mutaxassislarni tayyorlashga ustuvor yo`nalish sifatida qaraydi. Ushbu yo`nalishda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 apreldagi 4666-sonli Farmoni qabul qilindi.

Farmon tibbiy tibbiy ta`lim sifatini oshirish bo`yicha juda muhim chora-tadbirlarni o`z ichiga oladi. Jumladan, bo`lajak shifokorlarning o`quv dasturlaridagi asosiy bo`lmagan fanlarning ulushini kamaytirish, dunyoga mashhur oliy o`quv yurtlarida ta`lim olgan tibbiy xodimlarga oylik mukofotlar berish, taniqli xalqaro tibbiy ta`lim muassasalarining filiallari va klinikalarini ochish shular jumlasidandir.

Shuningdek, Farmonda Toshkentdagi xalqaro Vestminster universitetida (TXVU) aholi sog`lig`ini saqlash bo`yicha magistrlik kursini tashkil etish nazarda tutilgan. Kurs bitiruvchilari sog`liqni saqlash sohasi mutaxassislari va aholi, shuningdek ushbu yo`nalishda qaror qabul qiluvchi mas`ullar o`rtasidagi bog`lovchi bo`g`im bo`lishga imkon beradigan muayyan ko`nikmalarni egallaydilar.

— Buyuk ajdodimiz Abu Ali ibn Sino butun dunyo tibbiyotida chuqur iz qoldirgan, — deydi TXVU rektori Baxrom Mirkasimov. — Ushbu yangi magistrlik kursi buyuk vatandoshimizning ishini davom ettirish va O`zbekistonda sog`liqni saqlashni rivojlantirish va mustahkamlashga hissa qo`shishi bilan faxrlanaman.

Mazkur magistrlik kursi Vestminster universiteti (London) bilan hamkorlikda ishlab chiqilib, Oksford universitetining sog`liqni saqlash va tabiiy fanlar departamenti mutaxassisi tomonidan tasdiqlangan.

Ushbu kurs modullari quyidagilarni o`z ichiga oladi:

-Epidemiologiya asoslari

-Xulq-atvorni o`zgartirish maqsadida salomatlikni va aloqalarni mustahkamlash

-Aholi salomatligini saqlash va ovqatlanish

-Sog`liqni saqlash statistikasi

-Iqtisodiyot va sog`liqni saqlash tizimlari

-Sog`liqni saqlashni moliyalashtirish va boshqarish

-Sog`liqni saqlash sohasida tadqiqot usullari

-Dissertasiya

Aholi salomatligini saqlash yo`nalishidagi magistrlik kursi bir yillik kunduzgi ta`lim va to`liq ish kunida band bo`lganlar uchun ikki yillik kechki ta`lim shaklida taqdim etiladi. Ushbu magistrlik kursi ijtimoiy (sosiologiya) soha talabalari, shuningdek, tibbiy yoki sog`liqni saqlash sohasi ma`lumotiga ega bo`lganlar uchun mo`ljallangan. Kursni tamomlaganlar, ular amaliyotchi shifokor, davolovchi xodimlar, akademik yo`nalishdagi o`qituvchi-professorlar, menejerlar yoki aholi sog`lig`ini saqlash sohasidagi etakchilar bo`lishlaridan qat`iy nazar, ushbu yo`nalishda samaralari faoliyat boruvchi etakchi mutaxassislarga aylanishadi. Milliy va xalqaro sog`liqni saqlash tashkilotlari, mahalliy sog`liqni saqlash boshqarmalari, davlat va xususiy tibbiyot muassasalari, jamoat tashkilotlari hamda davlat idoralarida amaliyotchi shifokorlarga ehtiyoj kattaligi kuzatilmoqda. Shuningdek, PhD yoki DSc ilmiy darajasini olishni rejalashtirayotgan nomzodlar uchun sanoat, salomatlik monitoringi va tibbiy ta`lim sohalarida ham talab katta.

 

    Boshqa yangiliklar