Chimyon tog` zonasida qor ko`chki xavfi tufayli shtorm ogohlantirish e`lon qilindi.
Qayd etilishicha, Chimyon hududida yashovchilar ko`chki xavfidan ogohlantirilgan. Unga ko`ra, 1 yanvar soat 08:00 dan 2 yanvar soat 08:00 gacha Chimyon tog` zonasida shtorm ogohlantirish — qor ko`chish xavfi e`lon qilingan.






