AsosiyJamiyat

Prezidentning rasmiy veb-sayti yangi formatda ishga tushirildi

'Prezidentning rasmiy veb-sayti yangi formatda ishga tushirildi'ning rasmi

Yangi saytda «Prezident Administrasiyasi» bo`limi ochilgan. Bu haqda "Gazeta.uz" xabar berdi.

Xabarga ko`ra, unda prezident maslahatchilari, Prezident Administrasiyasining asosiy vazifalari, Administrasiya Ijro etuvchi apparati rahbariyati, prezident va Administrasiya huzuridagi tashkilotlar to`g`risidagi ma`lumotlar bilan tanishish mumkin.

Saytning bosh sahifasida dunyo va O`zbekiston xaritasi joylashtirilgan. Bu funksiya yordamida prezidentning xorijga va mamlakatimiz hududlariga tashriflari haqidagi axborotlarni xarita orqali topish mumkin.

Saytda Prezident virtual qabulxonasi» portaliga o`tish, Xalq qabulxonalarining aloqa ma`lumotlarini izlash kabi qulayliklar bor.

 

    Boshqa yangiliklar