AsosiyJamiyat

COVID-19 bilan bog`liq xavfni boshqarish bo`yicha yangi xalqaro qo`llanma chop etildi

'COVID-19 bilan bog`liq xavfni boshqarish bo`yicha yangi xalqaro qo`llanma chop etildi'ning rasmi

COVID-19 pandemiyasi dunyoda tubdan o`zgartirdi. Xodimlarni himoya qilish bo`yicha har tomonlama, samarali ishlashni davom ettirish bo`yicha umumiy ko`rsatmalarni ishlab chiqish zarurligini anglagan holda, mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo`yicha ISO mutaxassislari qisqa vaqt ichida yangi qo`llanma ishlab chiqishga kirishdilar.

Xalqaro ISO standartini ishlab chiqish uchun o`rtacha uch yil kerak bo`lsa, yaqinda chop etilgan ISO / PAS 45005, Sog`liqni saqlash va xavfsizlikni boshqarish - COVID-19 pandemiyasi paytida xavfsiz ishlash bo`yicha umumiy ko`rsatma, vaziyatning dolzarbligi va bugungi kunda bunday ma`lumotlarga ehtiyoj sezilib, atigi uch oy ichida ishlab chiqildi.

ISO / PAS 45005 standarti COVID-19 pandemiyasi paytida ishchilar va manfaatdor tomonlarning sog`lig`i va xavfsizligini boshqarish bo`yicha eng yaxshi xalqaro tajribalarni o`z ichiga birlashtiradi va mavjud bo`lgan milliy ko`rsatmalar 
va qoidalarni to`ldirishga mo`ljallangan.

ISO / PAS 45005 standarti 26 ta mamlakat ekspertlari tomonidan ishlab chiqilgan.Ushbu format pandemiya va yangi ma`lumotlarning paydo bo`lishiga qarab, hujjatni hozirgi shaklida yangilashga yoki rasmiy standartga aylantirishga imkon beradi.

Yangi ISO / PAS 45005 Sog`liqni saqlash va xavfsizlikni boshqarish - COVID-19 pandemiyasi paytida xavfsiz ishlash bo`yicha umumiy ko`rsatma-Britaniya standartlar instituti (BSI) rahbarligidagi ISO / TS 283 mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi texnik qo`mitaci tomonidan ishlab chiqildi.

    Boshqa yangiliklar