Italiyada havodagi SARS-CoV-2 virusi miqdorini aniqlaydigan va xabar beradigan biosensor ishlab chiqildi. Bu haqda Valensiya universitetlari assosiasiyasi saytida xabar qilindi.
"Sensor havodagi SARS-CoV-2 zarralarini aniqlaydigan maxsus antitanalardan foydalanadi", - dedi molekulyar aniqlash va texnologik rivojlanish institutining kimyo kafedrasi professori Anxel Makeyra.
Tizim havodagi virus miqdori xavfli darajada bo`lganida signal beradi. Dastlabki sinovlar Valensiya universitetining biokimyo va molekulyar biologiya bo`limida ishlab chiqilgan virussimon zarralardan foydalangan holda sinab ko`rildi.
Hozirda biosensor klinikada sinovdan o`tkazilmoqda. Sinov natijalariga ko`ra uning samaradorligi aniqlanadi va biosensor yordamida shifoxonalardagi bemor hamda shifokorlarning kasallikka chalinish ehtimolini kamaytirishga yordam beradigan choralar tizimi ishlab chiqiladi.






