Avvalroq Toshkent viloyati Bo`stonliq tumanidagi dam olish maskanlariga olib boruvchi yo`llarda transport vositalarining to`xtab qolib, xavfli holat sodir etishining oldini olish maqsadida “4R-12” avtomobil yo`lining 61-kilometrida, ya`ni tog`li hududning boshlanish qismida vaqti-vaqti bilan transport vositalarining harakati cheklanayotgani haqida xabar berilgandi.
IIV axborot xizmati ma`lum qilishicha, joriy yilning 5 yanvar kuniga qadar Bo`stonliq tumanidagi ayrim avtomobil yo`llarida bir tomonlama harakat, ya`ni Bo`stonliq tumani G`azalkent shahridan (ko`prik yonidan) kirish va “Yusufxona” aholi yashash joyidan chiqish yo`lga qo`yildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Bo`stonliq, Chorvoq, Amirsoy dam olish maskanlariga olib boruvchi yo`llarda katta tirbandliklar yuzaga kelayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.






