Ayni damda Tailandda hordiq chiqarayotgan xonanda Manzura Instagram ijtimoiy tarmog`idagi shaxsiy sahifasiga yangi suratlarini joyladi, deb xabar beradi “Qalampir.uz”
Suratlarda xonanda kalta “shorti” kiygan holda namoyon bo`lgan.

Nashrning xabar berishicha, xonandaning suratlarini internet foydalanuvchilari tinimsiz tanqid qilish bilan ovora. O`zbek qizlariga kalta “shorti” kiyish to`g`rimi, san`atkorsiz, nimani targ`ib qilyapsiz qabilidagi izohlarga xonanda kulimsiragancha kinoyali javoblar qaytaryapti.

Suratlarni deb muxlislar o`rtasida qarama-qarshiliklar kelib chiqdi. Kimdir Manzuraning hatti-harakatlarini yoqlab, u boshqa xonandalarga o`xshab o`zini har ko`yga solmayotgani, yarim yalang`och suratga tushib, internet orqali behayo videolari tarqalmayotganini aytsa, yana boshqa birov har kimning xohishi o`z ixtiyorida ekanini uqtirishga urinmoqda. Xonandaning muxlislaridan biri Lola Yo`ldoshevaning boshiga tushgan kunlar Manzurada ham takrorlanishidan, uning ham lisenziyasi olib qo`yilishidan hadikda. Manzura esa bu gap-so`zlarga parvo ham qilayotgani yo`q.





