AsosiyJamiyat

Suv xo`jaligi vaziri o`rinbosari Qamchiq dovonida avtohalokatga uchradi

'Suv xo`jaligi vaziri o`rinbosari Qamchiq dovonida avtohalokatga uchradi'ning rasmi

31 dekabrdan 1 yanvarga o`tar kechasi Qamchiq dovonida suv xo`jaligi vaziri o`rinbosarining oila a`zolari bo`lgan avtomobil halokatga uchradi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.

YTH oqibatida vazir o`rinbosarining rafiqasi va 3 yoshli qizi vafot etgan, amaldorning o`zi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

2 yanvar kuni Toshkent shahrida dafn marosimi o`tkazilgan.

Namangan viloyat IIB axborot xizmati YTH tafsilotlari bo`yicha quyidagicha axborot bergan:

"2020 yil 31 dekabr kuni soat 23:00 larda, A-373 Toshkent – O`sh yo`lining Pop tumani "Qo`shminor" MFY hududidan o`tuvchi 258-kilometrida Toshkent – Qo`qon yo`nalishi bo`yicha “Chevrolet Gentra” rusumli avtomashinasini boshqarib kelayotgan, Qo`qon shahrida yashovchi, 1996 yilda tug`ilgan fuqaro o`zidan oldinda harakatlanib ketayotgan, Toshkent shahrida yashovchi, 1979 yilda tug`ilgan fuqaro boshqaruvidagi “Chevrolet Gentra” avtomashinasining orqa chap tomon qismiga urilib ketgan.

Natijada, oldindagi “Chevrolet Gentra” rusumli avtomashinasi yo`l chetiga chiqib ketib, qiyalikka ag`darilib ketgan. Haydovchining avtomashina salonida bo`lgan 1986 yilda tug`ilgan turmush o`rtog`i va 2017 yilda tug`ilgan qizi olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo`yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 1 yanvar kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan".

Suv xo`jaligi vazirligi matbuot xizmati qo`shimcha ma`lumot berishicha, YTHga uchragan vazir o`rinbosari Vohid Ahmadjonov bo`lgan, u shaxsiy avtomobilida harakatlangan va oilasi bilan yangi yil bayramini nishonlash uchun vodiyga ketayotgandi.

    Boshqa yangiliklar