AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekiston bo`ylab bir xil ob-havo kuzatiladi

'Bugun O`zbekiston bo`ylab bir xil ob-havo kuzatiladi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmatining xabar berishicha, bugun, 3 yanvar kuni ob-havo deyarli o`zgarmaydi. Respublikada yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy yo`nalishda biroz shamol esadi. Havo 0-5° iliqgacha isiydi, ba`zi joylarda 2° sovuqgacha bo`ladi.

Poytaxtimizda havo bulutli, ba`zida ochiq bo`ladi. Ertalab tuman tushishi mumkin. Biroz shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 1-3° iliqdan yuqori bo`lmaydi.

Respublikaning tog`li hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Qor ko`chishi xavfi bor. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kunduzi 2° sovuq-3° iliq atrofida bo`ladi.

 

    Boshqa yangiliklar