1

Toshkent xalqaro aeroportida ekspress test narxlari va tartibi ma`lum qilindi

Jamiyat 03.01.2021, 10:29
Toshkent xalqaro aeroportida ekspress test narxlari va tartibi ma`lum qilindi

Toshkent xalqaro aeroportida ekspress test narxlari 95 ming so`m,  talabalar uchun 50 ming so`m miqdorida belgilangan.  Bu haqda «Uzbekistan Airports» Axborot xizmati xabar bermoqda.

Maxsus komissiya ko`rsatmasiga ko`ra, aeroportdan uchib ketishda va O`zbekistonga uchib kelinganda ekspress test olinadi. Tahlil natijalari 10 daqiqa mobaynida pasportlarga shtrix kodlarini qo`yish orqali ma`lum qilinadi.  

So`nggi bir haftada mamlakatimizga dunyoning 12  davlatidan 12 mingdan ziyod yo`lovchi kirib kelgan bo`lsa, shulardan 21 nafarida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.  

Virus aniqlangan holatda SES mutaxassislari tomonidan fuqarolar tegishli hududda joylashgan koronavirus infeksiyasini davolashga ixtisoslashgan muassasalarga joylashtiriladi yoki uy sharoitida davolanishga yo`naltiriladi.  

Ma`lum qilinishicha, O`zbekistonga koronavirus va  yangi shtammining kirib kelishi hamda tarqalishining oldini olish yuzasidan ko`rilayotgan ushbu chora-tadbirlarda PZR testining manfiy natijasi to`g`risida yo`lovchilarda tahlil natijalari mavjudligidan qat`iy nazar ulardan tegishli tartibda majburiy ekspress test olinishi belgilab qo`yildi.  

Ko`p o`rinli samolyotlar (jumladan 260 o`rinli havo kemasi)dagi  yo`lovchilarni kutib olishda   tirbandlikning oldini olish maqsadida yo`lovchilar oqimini terminalning 3 ta joyidagi test olish tibbiyot qismlariga yo`naltirish tashkil qilingan.  

Fuqarolarning parvozdan bir necha kun avvaldan PZR testini topshirish bo`yicha buyurtma berishlari ham mumkin.   

Aeroportning birgina uchib kelish zalida 4 ta bankomat va 2 ta valyuta ayirboshlash shaxobchalari mavjud bo`lib, ularning muntazam faoliyat olib borishi ta`minlangani sabab, pul ayirboshlashda  muammo kuzatilmaydi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1