AsosiyJamiyat

Bir haftada O`zbekistonga aviareyslar orqali kirib kelgan 21 odamda koronavirus aniqlandi

'Bir haftada O`zbekistonga aviareyslar orqali kirib kelgan 21 odamda koronavirus aniqlandi'ning rasmi

So`nggi bir haftada O`zbekistonga dunyoning 12 davlatidan 12 mingdan ziyod yo`lovchi kirib kelgan bo`lsa, shulardan 21 nafarida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Bu haqda O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati Uzbekistan Airports xabariga tayanib ma`lum qildi 

Ma`lum qilinishicha, Toshkent xalqaro aeroportida ekspress test olish jarayonlarini ikki tomonlama imzolangan shartnomaga asosan «Tibbiyot dunyosi» MChJ amalga oshirmoqda.

Avval xabar qilganimizdek, ekspress test narxlari mazkur tashkilot o`rnatgan ta`riflarga binoan 25−28 dekabrga qadar 150 ming so`mdan, 28 dekabrdan to bugungacha 95 ming so`m, talabar uchun 50 ming so`m miqdorida belgilangan.

 

    Boshqa yangiliklar