Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 83 million 322 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 1 million 831 mingdan ziyod kishi vafot etgan (03.01.2021 yil Evropa vaqti bilan soat 18:51 holatiga ko`ra). Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 740 221 yangi holati aniqlangan, 12 502 nafar bemor vafot etgan.
Jons Xopkins universitetining hozirgi (04.01.2021 yil Toshkent vaqti bilan soat 10:22 holati) ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda kasallikni 85 million 122 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 1 million 843 mingdan ortig`i vafot etgan.
Kasallik tasdiqlangan holatlar bo`yicha AQSh birinchi o`rinda turibdi, u erda JSST ma`lumotlariga ko`ra 19,974 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi o`rinda Hindiston (10,323 milliondan ortiq), uchinchi o`rinda Braziliya (7,700 milliondan ortiq), to`rtinchi o`rinda Rossiya (3,236 milliondan ortiq), beshinchi o`rinda esa Buyuk Britaniya (2,599 milliondan ortiq).






