Bu haqda AOKAda bo`lib o`tayotgan brifingda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi axborot xizmati rahbari Farxad Babashev ma`lum qildi.
Xabaringiz bor, barcha OTMlar tomonidan o`quv jarayonini an`anaviy tarzda boshlash bo`yicha grafik ishlab chiqilgan. Grafik asosida 2021 yil 11 yanvardan barcha OTMlarning tegishli kurslarida o`quv jarayoni an`anaviy shaklda boshlanadi.
Ayrim betob yoki ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarning o`qishlari onlayn shaklda davom ettirilishi mumkin. Bu holatda OTMlar talabalarning sharoitlarini o`rganib chiqadi. Barcha imkoniyatlari mavjud bo`lgan talabalar an`anaviy ta`limga to`liq jalb etiladi.






