AOKAda bo`lib o`tgan brifingda ishtirok etgan Favqulodda vaziyatlar vazirligi mas`uli Samandar Hikmatullaevning ma`lum qilishicha, 1996-2020 yillarda qor ko`chkisi bilan bog`liq 14 ta favqulodda vaziyat yuzaga kelib, ularda 52 nafar inson halok bo`lgan. 29 nafar fuqaro jabrlangan.
«Qor ko`chkisi bilan bog`liq favqulodda vaziyatlar Toshkent viloyatining Chimyon, Beldirsoy hamda «Qamchiq» dovonida eng ko`p qayd etilgan. 2020 yilning o`zida mazkur xududlarda 30 ga yaqin qor ko`chkisi yuzaga kelgan», dedi Samandar Hikmatullaev.






