Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining ma`lum qilishicha, 2021 yilning 2 yanvar kuni, taxminan, soat 00:20 da Samarqand shahridagi 4-umumiy o`rta ta`lim maktabi qozonxonasining isitish tizimida chaqnash sodir bo`lgan.
Chaqnash natijasida maktabning qozonxona nazoratchisi 50 yoshli H. tan jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand viloyat bo`limiga yotqizilgan.
Ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay bemor shifoxonada vafot etgan.
Hodisa yuzasidan Samarqand shahri bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.






