AsosiyJamiyat

Ko`p bolali oilalarga uy-joy ajratishda 16 yoshgacha etti nafar va undan ziyod bolalari bo`lishi talabi bekor qilindi

'Ko`p bolali oilalarga uy-joy ajratishda 16 yoshgacha etti nafar va undan ziyod bolalari bo`lishi talabi bekor qilindi'ning rasmi

“Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini yanada qo`llab-quvvatlashga qaratilgan O`zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o`zgartirishlar kiritish to`g`risida” Hukumat qarori qabul qilindi (830-son, 31.12.2020 y.). Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. 

Qaror bilan qonunchilik va huquqni qo`llash amaliyotida ko`p bolali oila tushunchasining bir xilda qo`llanilishini ta`minlash maqsadida, jumladan:  

Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo`lgan fuqarolarni hisobga olish, davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va taqdim etish tartibi to`g`risidagi nizomga o`zgartirish kiritilib, ko`p bolali oilalarga uy-joy ajratishda 16 yoshgacha etti nafar va undan ziyod bolalari bo`lishi lozimligi talabi bekor qilindi.

Qishloq joylardagi kam ta`minlangan va ko`p bolali oilalarga qoramolni bepul berish shartlari to`g`risidagi nizomga kiritilgan o`zgartirishga ko`ra, ko`p bolali oilalarga bepul qoramol berilishida voyaga etmagan besh nafar va undan ortiq bolalari bo`lishi lozimligi talabi bekor qilindi.

Eslatib o`tamiz, Oila kodeksiga muvofiq to`rt nafar va undan ortiq 18 yoshga to`lmagan bolasi bo`lgan oila ko`p bolali hisoblanadi. Agar to`rt nafar va undan ortiq bolalaridan 1 nafari yoki undan ko`prog`i ta`limning kunduzgi shaklida (o`rta maxsus va kasb-hunar, oliy ta`lim) ta`lim tashkilotlarida o`qiyotgan hamda 22 yoshga to`lmagan bo`lsa, bu oila ham ko`p bolali oila hisoblanadi.

 

    Boshqa yangiliklar