AsosiyJamiyat

2020 yilda necha nafar sudya lavozimidan ozod qilindi? Sabab?

'2020 yilda necha nafar sudya lavozimidan ozod qilindi? Sabab?'ning rasmi

O`tgan 2020 yilda  jami 27 nafar sudyaning vakolati muddatidan ilgari tugatilib, lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda O`zbekiston Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati ma`lum qildi.  

Unga ko`ra, 3 nafar sudya boshqa ishga o`tganligi (ular orasida respublika rahbarlik idoralarida mas`ul vazifaga tayinlangani ham bor)  sabab vakolati muddatidan avval tugatilgan. Cudyalik qasamyodi va odob-axloq qoidalarini hamda odil sudlovni amalga oshirishda qonun talablarini qo`pol ravishda buzgan 12 nafari esa so`zsiz tizimdan chetlatildi (ulardan biri jinoiy javobgarlikka tortilgan). Shuningdek, o`z xohishiga ko`ra ariza bergan 5 nafar sudya  ham endilikda tizimda yo`q.

Lavozimidan ozod etilganlarning qariyib to`rtdan birini vafoti  munosabati bilan vakolati muddatidan ilgari tugatilgan sudyalar  tashkil etadi. Ya`nikim, koronavirus balosi sudyalar korpusining 7 nafar vakilini hayotdan barvaqt olib ketdi.

    Boshqa yangiliklar