2020 yil 29-31 dekabr kunlari Namangan viloyatining To`raqurg`on tumanida 12 nafar fuqaro Qirg`iziston Respublikasi aksiz markasi yopishtirilgan “Gradusnik” nomli spirtli ichimlik iste`mol qilganliklari oqibatida shifoxonaga o`tkir zaharlanish tashxisi bilan yotqizilgan. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, shifokorlar tomonidan ko`rsatilgan zarur tibbiy yordamga qaramasdan, ularning 2 nafari vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan To`raqurg`on tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.






