Sog`liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, kecha 4-yanvar kuni soat 19:30da Xorazm viloyati Bog`ot tuman tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam bo`limiga hududning Bog`ot shaharchasi “Hurriyat” mahallasida yashaydigan 1989 yilda tug`ilgan E.J.ning oila a`zolari olib kelingan. Dastlabki tekshiruvlar natijasida ularga is gazidan o`tkir zaharlanish tashxisi qo`yildi.
Yosh oila xonadon sohibi E. J. va uning turmush o`rtog`i P.D. 1989 yilda tug`ilgan. Ularning qizi B.Ch. 2011 yilda, o`g`li B.B. 2013 yilda tug`ilgan. Tez tibbiy yordam bo`limiga olib kelinganda P.D. hamda uning qizi B.Ch. da biologik o`lim aniqlangan.
Ayni paytda xonadon sohibi E. J. va o`g`li B.B. da is gazidan o`tkir zaxarlanish miya shishi koma xolati aniqlanib, tibbiy yordam ko`rsatilmoqda.
Favqulodda holat sodir bo`lishidan ikki kun oldin E.J. xonadonida issiklik kozoni yangi o`rnatilgan bo`lgan.






