2019 yil 29 yanvar. Toshkent, Oqsaroy. O`zbek milliy akademik drama teatri aktyori, O`zbekiston Xalq artisti Yodgor Sa`diev O`zbekistonning Birinchi Prezidentiga bag`ishlangan xotira kechasida Islom Karimov haqida fikrlari bilan o`rtoqlashdi.
“Ollohimning bu yurtga nazari tushmagania bundan 30 yil ilgari bizga Islom Karimovni bermasdi. Mana shu ham Ollohimning shu yurtga nazari tushganidan dalolat berib turibdi”.
Yodgor Sa`diev 1989 yil 5 noyabrdagi Hamza davlat mukofotini taqdirlash marosimini esladi:
“Mukofotni Islom Karimovning shaxsan o`zlari topshirib turib aytdilarki, — Yodgorbek bu birinchisi ekan a? — dedilar. — Ha, Islom Abdug`anievich, birinchisi desam, sekin kulib, qulog`imga menam birinchi marta topshiryapman, -dedilar.
Bu inson oddiy, sodda hamda juda ham iymonli inson edi. Har bir gaplari, har bir chiqishlarida iymonni eslatib o`tardi. Sababi bu yurtda iymonli insonlar yashashligini har safar ta`kidlab o`tardilar.
Men deyarli barcha mukofotlarimni Islom Karimovning shaxsan o`z qo`llaridan olganman, bu men uchun judayam faxrli.
2001 yil 21 sentyabrda bizning teatrimizga juda katta xalqqa yaqin qiladigan ya`ni, “O`zbek Milliy akademik drama teatri” nomni berdilar.
Bu yurtga Ollohning nazari tushganning yana bir isboti mana vafotlaridan so`ng shogirdlari Shavkat Miromonovich Mirziyoevni o`zimiz prezident qilib saylab oldik. Ustozga qilgan, xalqqa bo`lgan e`zozni butun dunyo kelib, Hazrati xizr maqbarasida ko`ryapti. Bugungi kungacha, to qorong`i tushguncha odam ariyyatgani yo`q. Ana shunday ajoyib, bag`ri keng inson edi, bizning Birinchi Prezidentimiz.
O`zbekka bosh egsam arziydi chunki,
Amir Temur kabi bobolari bor.
Yurtiga bo`lgan fidoyi Birinchi Prezidentim,
Islom Karimovdek buyuklari bor”.






