AsosiyJamiyat

Oxirgi sutkada dunyoda 8 ming nafarga yaqin bemor vafot etdi — JSST

'Oxirgi sutkada dunyoda 8 ming nafarga yaqin bemor vafot etdi — JSST'ning rasmi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 83 million 910 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 1 million 839 mingdan ziyod kishi vafot etgan (04.01.2021 yil Evropa vaqti bilan soat 17:33 holatiga ko`ra).  Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 583 907 yangi holati aniqlandi, 7 957 nafar bemor vafot etdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi (05.01.2021 yil Toshkent vaqti bilan soat 09:22 holati) ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda kasallikni 85 million 653 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 1 million 853 mingdan ortig`i vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar bo`yicha AQSh birinchi o`rinda turibdi, u erda JSST ma`lumotlariga ko`ra 20,258 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi o`rinda Hindiston (10,340 milliondan ortiq), uchinchi o`rinda Braziliya (7,716 milliondan ortiq), to`rtinchi o`rinda Rossiya (3,260 milliondan ortiq), beshinchi o`rinda esa Buyuk Britaniya (2,654 milliondan ortiq).  

JSST ma`lumotlariga ko`ra, bir sutka davomida AQShda 284 312, Hindistonda 16 504, Braziliyada 15 827, Rossiyada 23 351, Buyuk Britaniyada esa 54 990 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

Bundan tashqari, bir kun davomida Fransiyada 12 489, Germaniyada 9 847, Italiyada 14 245, Kolumbiyada 11 528, Niderlandiyada 7 438, Avstriyada 1 611, Daniyada 1 170, Janubiy Afrikada 11 859, Malayziyada 1 704, Yaponiyada 2 893, Tailandda 1 060 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan.

    Boshqa yangiliklar