O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmatining xabariga ko`ra, yo`l harakati qatnashchilariga qulayliklar yaratish maqsadida Toshkent shahar, Mirzo Ulug`bek tumanidagi Parkent ko`chasidan Mustaqillik ko`chasiga o`tish yo`lini ochish hamda ushbu yo`lda piyodalar va velosipedchilar harakati uchun alohida yo`laklar tashkil etish borasida samarali ishlar olib borilmoqda.






