Bilkent universitetining Milliy nanotexnologiya tadqiqot markazi (UNAM) olimlari og`iz bo`shlig`i namunasi asosida o`n soniya ichida koronavirusni aniqlash imkoniyatiga ega bo`lgan qurilma ishlab chiqdilar.
Unga ko`ra, qurilmaning ishlash prinsipi PZR sinovlarida bo`lgani kabi tasvirni replikasiya qilishga emas, balki optik usullardan foydalanishga asoslangan. Bemordan olingan og`iz bo`shlig`i namunasi maxsus eritma bilan aralashtiriladi, so`ngra qurilmaga joylashtiriladi. Agar olingan namunada patogen mavjud bo`lsa, u lyuminestsent signal bilan aniqlanadi.






