AsosiyJamiyat

Viloyatlarda dronlar shousining o`tkazilish vaqti ma`lum qilindi

'Viloyatlarda dronlar shousining o`tkazilish vaqti ma`lum qilindi'ning rasmi

AOKAda Kadastr agentligi axborot xizmati rahbari Ne`mat Atamuratov ishtirokida o`tgan brifingda yangi yil bayrami munosabati bilan tashkillashtiriladigan dronlar shousi haqida ma`lumot berildi.

Unga ko`ra, 

▫️Samarqandda — 5-6 yanvar

▫️Buxoroda — 7 yanvar

▫️Urganchda — 8 yanvar

▫️Qoraqalpog`iston Respublikasida — 9-10 yanvar

▫️Farg`onada — 16 yanvar

Ayni damda dronlar Samarqand shahriga etib borgan va shahar hokimligi binosi yonida tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

 Dron uchirish maydoni va ob-havo talabga javob bersa, shou 18:00 dan 19:00 gacha bo`lgan vaqt oralig`ida bo`lib o`tadi.

Toshkent shahrida uchirilgan dronlar Kadastr agentligining 25 nafar xodimi tomonidan boshqarib turilgan.

 «Geoinnovasiya markazi» davlat unitar korxonasi mutaxassislari tomonidan 500 ta dron yordamida 8 ta shakl yasalgan.

    Boshqa yangiliklar