AsosiyJamiyat

Kadastr idorasining qaysi xizmatlaridan onlayn foydalanishning imkoni bor?

'Kadastr idorasining qaysi xizmatlaridan onlayn foydalanishning imkoni bor?'ning rasmi

AOKAda bo`lib o`tgan brifingda ma`lum qilinishicha, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqadi my.gov.uz saytiga kirib quyidagi kadastr xizmatlaridan onlayn foydalanish mumkin:  

  • Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (Yakka tartibda uy-joy qurish ob`ekti bo`lmagan ob`ekt uchun);

 

  •  Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (yakka tartibdagi uy-joy qurish ob`ekti uchun);

 

  •  Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro`yxatidan o`tkazish;

 

  •  O`zganing er uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to`g`risidagi kelishuvni davlat ro`yhatidan o`tkazish;

 

  •  Ipoteka, bino va inshootlar, shuningdek er uchastkasiga bo`lgan ashyoviy huquqlar ipotekasi to`g`risidagi shartnomalarni davlat ro`yxatidan o`tkazish;

 

  •  Fuqarolar nomida shahsiy turar joyi mavjud yoki mavjud emasligi to`g`risida ma`lumotnoma berish;

 

  •  Turar joyning maydoni bo`yicha ma`lumotnoma olish;

 

  •  Respublika xududidagi ko`chmas mulk ob`ektida xatlov/ta`qiq mavjudligi haqida ma`lumot taqdim etish;

 

  •  Ko`chmas mulk ob`ektlariga bo`lgan huquqlarni davlat ro`yxatidan o`tkazishga ariza yuborish;

 

  •  Kadastr pasportini tayyorlash

 

 

 

 

    Boshqa yangiliklar