AsosiyJamiyat

Ayrim elektr stansiyalardagi energobloklar o`chirildi. Qisqa muddatli uzilishlar kuzatiladi — Energetika vazirligi

'Ayrim  elektr stansiyalardagi energobloklar o`chirildi. Qisqa muddatli uzilishlar kuzatiladi — Energetika vazirligi'ning rasmi

Markaziy Osiyo va Qozog`istonni bog`lovchi yagona energetik tizimining elektr uzatish tarmoqlarida rejadan tashqari sodir bo`lgan uzilishlar sababli avariyaga qarshi avtomatika ishlagan.

Energetika vazirligi Matbuot xizmatining xabar berishicha, energetik qurilmalarga shikast etmaslik uchun uskunaning texnologik himoyasi avtomatik ravishda ishlagan va ayrim  elektr stansiyalardagi energobloklar o`chirildi. Xususan:

  1. To`raqo`rg`on IESda quvvati 750 MVt dan 500 MVt gacha,
  2. Taxiatosh IESda 280 MVt dan 150 MVt gacha,
  3. Navoiy IESda 450 MVt dan 230 MVt gacha,
  4. Toshkent IESda 370 MVt dan 180 MVt gacha quvvat kamaygan,

Shuningdek, Talimarjon IESning umumiy quvvati 900 MVt bo`lgan ikkita BGQlari o`chirildi.

Ayni paytda Talimarjon IESda qurilmalarni ishga tushirish jarayoni amalga oshirilmoqda, qolgan elektr stansiyalarda ish rejimi qayta tiklangan.

Mazkur o`chish holatning sabablari o`rganilmoqda.

Yaqin soatlarda elektr energiyasi ta`minotida qisqa muddatli uzilishlari kuzatila. Keltirilgan noqulayliklar uchun iste`molchilardan uzr so`raymiz.

 

    Boshqa yangiliklar