AsosiyDunyo

2021 yilda tug`ilgan chaqaloqlar keyingi yuz yillikni ham ko`rishi mumkin

'2021 yilda tug`ilgan chaqaloqlar keyingi yuz yillikni ham ko`rishi mumkin'ning rasmi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg`armasi (YuNISEF)ning xabar berishicha, 2021 yilda taxminan 140 million chaqaloq dunyoga kelishi mumkin. Ularning o`rtacha umr ko`rish davomiyligi 84 yil. Bu esa, 2021 yilda tug`ilgan chaqaloqlar keyingi yuz yillikni ham ko`rishi mumkin degani.

 

Yangi yilning birinchi kunida 370 mingdan ortiq bola dunyoga keldi. Chaqaloqlarning qariyb yarmi 10 mamlakatda tug`ilgan:

Hindiston - 59,995;

Xitoy - 35,615;

Nigeriya - 21,439;

Pokiston - 14,161;

Indoneziya - 12,336;

Efiopiya - 12,006;

AQSh - 10,312;

Misr - 9,455;

Bangladesh - 9236;

Kongo Demokratik Respublikasida esa 8640.

 

"Kelinglar, 2021 yilni bolalar uchun yanada adolatli, xavfsizroq va sog`lom yilga aylantiraylik. Qolaversa, dunyoda global pandemiya, tanazzul, qashshoqlikning kuchayishi va tengsizlikning chuqurlashuvi bilan shug`ullanayotgan ekan, YuNISEF ishiga ehtiyoj har qachongidan ham kattaroqdir", – dedi YuNISEFning ijrochi direktori Henrietta Fore.

 

Henrietta Forening fikricha, 2021 yilning dastlabki kunlarida tug`ilgan bolalar dunyoda bir yil avvalgidan ancha farq qiladigan dunyoga kelgan.

Boshqa yangiliklar