AQSh Kinoaktyorlar Gildiyasi kino va televidenie sohasidagi eng yaxshi aktyorlarni aniqladi. Bu haqda “Filmpro” nashri xabar bermoqda.
Eng yaxshi aktyor mukofoti “Omon qolgan” filmidagi obrazi uchun Leonardo Di Kaprioga topshirildi. Bu nominasiyada Di Kaprio hamkasblari Eddi Redmeyn, Maykl Fassbender, Brayan Krenston i Jonni Depplarni ortda qoldirdi.
“Eng yaxshi aktyorlarlar ansambli” nominasiyasida Maykl Kiton, Mark Ruffalo, Reychel MakAdamslar ishtirokidagi “E`tibor markazida” filmi g`olib deb topildi.
“Eng yaxshi ayol roli ijrochisi” nominasiyasida mukofot “Xona” filmidagi ijrosi uchun Bri Larsonga topshirildi.
“Ikkinchi darajadagi ayol obrazi ijrochisi” nominasiyasida “Daniyalik qiz” filmidagi roli uchun Alisiya Vikander g`olib bo`ldi. Xuddi shu nominasiyada eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor deb Idris Elba topildi. Bu aktyor bir vaqtning o`zida “Eng yaxshi ikkinchi darajali ro ijrochisi” va “Lyuter” filmidagi obrazi uchun “Eng yaxshi aktyor” nominasiyalarida g`oliblikni qo`lga kiritdi.
“Dramatik serialda eng yaxshi aktyorlar tarkibi” nominasiyasida “Dauntong Abbatligi” va komediya janrida “To`q sariq rang-mavsum xiti” filmi g`olib bo`ldi.
“Qartali uy” filmidagi roli uchun Kevin Speysi “Eng yaxshi dramatik aktyor deb topildi. “Qotillik uchun jazodan qanday qutulish mumkin?” filmidagi ijrosi uchun Viola Devis “Eng yaxshi dramatik aktrisa” deb topildi. “Komedik serialdagi eng yaxshi aktyor” nominasiyasida “Ochiq-oydin” serialidagi ishtiroki uchun Jeffri Tambor g`oliblikni qo`lga kiritdi. Telefilmdagi “Eng yaxshi aktrisa” nominasiyasida “Bessi” filmidagi ijrosi bilan Kuin Latifa g`olib bo`ldi.





