1

YHXBB ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video lavha bo`yicha ma`lumot berdi

Jinoyat 06.01.2021, 08:07
Teglar: YHXBB, IIB
YHXBB ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video lavha bo`yicha ma`lumot berdi

Joriy yilning 5 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Agar sizni ikkita yoki 10 ta rasmchi bir vaqtda, bir joyda rasmga olib yuborsa, sizga shuncha jarima keladi” sarlavhasi ostidagi video lavha ko`plab muhokamalarga sabab bo`ldi. Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.

 

Video lavhada noma`lum fuqaro tomonidan unga nisbatan bir vaqtda sodir etgan qoidabuzarligi yuzasidan ikkita jazo qo`llash to`g`risidagi jarima qarori kelganligi aytilgan.

 

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 20 sentyabrdagi 747-son qarori bilan tasdiqlangan "Jismoniy va yuridik shaxslarning avtotransport vositalariga o`rnatilgan videoregistratorlar shuningdek, videokuzatuv va tasvirga olish texnika vositalari hamda mobil qurilmalar orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari to`g`risidagi videoyozuvlarni qabul qilish, ko`rib chiqish hamda ularni taqdim etgan shaxslarni rag`batlantirish tartibi to`g`risida"gi Nizomning 3-bobi, 9-bandi, birinchi xatboshisining to`rtinchi kichik bandiga ko`ra, videoyozuvda qayd etilgan huquqbuzarlik bo`yicha qaror qabul qilingan yoki ma`muriy ish yuritilayotgan taqdirda videotexnika vositalari orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari to`g`risidagi videoyozuvlar asosida ma`muriy ish yuritilmasligi belgilangan.

 

“Video lavhada izoh berib o`tgan fuqarodan hududiy YHXBga murojaat qilishini so`rab, izohda keltirib o`tilgan jazo qo`llash to`g`risidagi jarima qarorlariga albatta aniqlik kiritilishini ma`lum qilamiz” – deyiladi O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborotida.

 

Sharhlar

O`zbekistonda uch kun davomida banklar va mobil ilovalar orqali ma`muriy jarimalarni to`lash imkoniyati cheklanadi

08.04.2021, 13:46

Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi ma`lum qilishicha, dyhxx.ejarima.uz tizimini modernizasiya qilish va takomillashtirish ishlari amalga oshirilishi sababli tizim 2021 yil 7 aprel kuni soat 22:00dan...
Yo`l belgilari yoki yo`lning qatnov qismidagi chiziqlar bilan belgilab qo`yilgan talablarga rioya etmaganlik uchun javobgarlik qanday?

17.11.2020, 21:13

Yo`l harakati qatnashchilari «Yo`l harakati xavfsizligi to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi Qonunini, ushbu Qoidalarni va unda keltirilgan svetofor ishoralari, yo`l belgilari, yo`l chiziqlarining talablarini bilishlari, ularga amal...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1