Joriy yilning 6 yanvar kuni soat 08:10larda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar “Otchopar” MFYda joylashgan uylarning birida gaz-havo aralashmasining chaqnashi yuzaga kelgan. Oqibatda binoning devorlari qulagan. Ushbu mudhish hodisa yuzasidan FVV Axborot xizmati birlamchi ma`lumot taqdim etdi.
Voqea joyiga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong`in-qutqaruv guruhi zudlik bilan etib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borgan. Afsuski, ushbu hodisa oqibatida ikki nafar fuqaroning jasadi vayron bo`lgan uy ichidan olib chiqilgan.
Shuningdek, hodisa joyiga FVB, IIB, SSB va Prokuratura xodimlari etib borgan.
Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyilmoqda xabarda.






