AsosiyJamiyat

Navoiyda yuqori tezlikda harakatlangan "Matiz" ag`darilib ketdi. Yo`lovchi vafot etdi

'Navoiyda yuqori tezlikda harakatlangan "Matiz" ag`darilib ketdi. Yo`lovchi vafot etdi'ning rasmi

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmatining xabariga ko`ra, joriy yilning 3 yanvar kuni soat 15:35larda Tomdi tumani hududidan o`tuvchi 4R-57 avtomobil yo`lining 361-kilometrida avtohalokat sodir bo`ldi. 1991 yilda tug`ilgan haydovchi M.O. «Matiz» avtomashinasida «O`temurot-Tomdi» yo`nalishida harakatlanib kelayotib, tezlikni me`yoridan oshirgan va boshqaruvni yo`qotgan. Ehtiyotsizlik sababli mashina yo`ldan chiqib, ag`darilib ketgan. Ayanchli avtohalokatda haydovchi bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi tan jarohatlari olib, Tomdi tumani tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Avtomashinada yo`lovchi sifatida ketayotgan 1991 yilda tug`ilgan fuqaro S.K. olgan og`ir tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.

Hozirda holat yuzasidan Tomdi tuman IIB tomonidan M.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar