AsosiyJamiyat

Samarkand viloyat sog‘liqni saqlash muassasalarida 7 mlrd talon-taroj qilingani aniqlandi

'Samarkand viloyat sog‘liqni saqlash muassasalarida 7 mlrd talon-taroj qilingani aniqlandi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining ma`lumotlariga ko`ra, Agentlik tomonidan Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg`armasi mablag`larining maqsadli sarflanishi bo`yicha hududlarda o`rganishlar o`tkazilayotgani to`g`risida ma`lumot berilgandi.

Xususan, Agentlik tomonidan Moliya vazirligi Davlat moliyaviy nazorat departamenti va Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi bilan hamkorlikda Samarqand viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasi va uning quyi tizimlarida byudjet mablag`lari, davlat aktivlarini realizasiya qilish va davlat xaridlari sohasida qonun hujjatlariga rioya etilish holati bo`yicha o`rganish o`tkazilgan.

O`rganishlarda viloyat sog`liqni saqlash muassasalari tomonidan 9,256 mlrd so`mlik dori vositalariga muqobil tijorat takliflari mavjud bo`lgani holda, 14,902 mlrd so`mga, ya`ni 5,643 mlrd so`m qimmat narxlarda davlat xaridlarni amalga oshirilgani aniqlangan. Shuningdek, davlat xaridlarini amalga oshirishda 4,999 mlrd so`mlik qiymatdagi tender va 186,1 mln so`mlik elektron do`kon shaklidagi xaridlar davlat xaridlariga oid qonun talablariga zid ravishda tashkil qilingan.

Bundan tashqari, viloyat sog`liqni saqlash muassasalari tomonidan 2020 yil 9 oyi davomida jami 1 mlrd 384 mln so`mlik talon-torojlik, moliyaviy xato va kamchiliklarga yo`l qo`yilgan.

Misol uchun, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali tomonidan tez tibbiy yordam brigadalariga jalb qilinmagan hamda ishlayotgan shtat birligiga nisbatan ortiqcha 48 nafar xodimlarga 124,5 mln so`m rag`batlantirish uchun mablag`lar ortiqcha to`lab yuborilgan.

Ishchi guruh tomonidan aniqlangan talon-torojlik va suiste`molchiliklar miqdori jami 7 mlrd so`mni tashkil etdi.

O`rganish yakunlari bo`yicha to`plangan hujjatlar Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Bosh prokuraturaga yuborildi.

Mazkur hujjatlar asosida Samarqand viloyat prokuraturasi tomonidan viloyat sog`liqni saqlash muassasalari va viloyat sanitariya epidemiologik osoyishtalik markazi mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi, 205-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.

Holat yuzasidan kelgusida qo`shimcha axborot taqdim etiladi.

    Boshqa yangiliklar