AsosiyJamiyat

Navoiy viloyatida fan olimpiadasiga ketayotgan o‘quvchi va o‘qituvchi YTHga uchrab vafot etdi

'Navoiy viloyatida fan olimpiadasiga ketayotgan o‘quvchi va o‘qituvchi YTHga uchrab vafot etdi'ning rasmi

5 yanvar kuni Navoiy shahrida maktab o`quvchilari o`rtasida fan olimpiadasining viloyat bosqichi boshlandi. Kun.uz muxbirining xabar berishicha, Nurota tumanidan mazkur olimpiadaga ikki o`quvchi va ikki o`qituvchini olib kelayotgan «Nexia» avtomashinasi yo`lda avariyaga uchragan.

Ular, Nurota tumani xalq ta`limi bo`limi mudiri Bayramali Bobonazarovning ma`lum qilishicha, tumandagi 2-maktabning o`qituvchi va o`quvchilari bo`lgan.

Mashina «Qoraqarg`a» dovonidan o`tayotganda yo`ldan chiqib ketgan. Oqibatda bir nafar o`qituvchi va bir nafar o`quvchi voqea joyida vafot etgan.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, hodisaga haydovchi tezlikni oshirgani sabab bo`lgan bo`lishi mumkin.


 

    Boshqa yangiliklar