AsosiyJamiyat

Qarshida uydagi portlash oqibatida ikki kishi halok bo`ldi

'Qarshida uydagi portlash oqibatida ikki kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Bugun, 6 yanvar kuni tongda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida joylashgan uylarning birida gaz-havo aralashmasining chaqnashi yuzaga kelgan. Oqibatda uy binosining devorlari qulagan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi

Ma`lum qilinishicha, voqea joyiga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong`in-qutqaruv guruhi etib borgan. Qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida ushbu hodisa oqibatida ikki nafar fuqaroning jasadi vayron bo`lgan uy ichidan olib chiqilgan.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilayotgani ma`lum qilindi.

    Boshqa yangiliklar