Bugun, 6 yanvar kuni soat 08:02 da Samarqand viloyati Jomboy tumani “Kattaqishloq” MFY hududidan o`tuvchi avtomobil yo`lida harakatlanib kelayotgan “UAZ” rusumli avtomashinada yong`in yuzaga kelgan. Bu haqda FVV xabar berdi.
Qisqa fursat ichida voqea joyiga etib borgan FVVning yong`in-qutqaruv guruhi yong`inni o`z vaqtida bartaraf etgan. Ma`lum qilinishicha, jabrlanganlar yo`q.






