Braziliyaning Manaus shahri meri, seshanba kuni koronavirus kasalligining yangi holatlarining soni oshib borayotganligi sababli 180 kunlik favqulodda holat rejimini e`lon qilgan. Bu haqda uzreport.news ma`lum qildi.
Hukumat shaharning aksariyat qismini yopishga qaror qilgan. Faqatgina zarur buyumlarni sotadigan do`konlarga ishlashga ruxsat etilgan.
Restoranlar, barlar va jamoat yig`ilishi mumkin bo`lgan joylar faoliyati kamida mart oyigacha bekor qilindi.
Kasalxonalar bemorlar bilan to`lib-toshganligi sababli, shifokorlarga murojaat qiluvchilar uchun avto- turar joylarda kutish zallari yaratiladi.
O`lim holatlari soni ko`pligidan joy muammosi sabab vafot etganlarning tanalari vaqtinchalik muzlatgichlarda saqlanmoqda.
Mamlakatdagi qabristonlarda to`xtamasdan o`liklar uchun maxsus chuqurliklar qazilayotgani dilni xira qiladi.
06.01.2021 11:01
Braziliyada o`lganlarni ko`mishga joy yo`qligi sabab vafot etganlarning tanalari vaqtinchalik muzlatgichlarda saqlanmoqda






