AsosiyDunyo

Britaniyalik talaba qiz Nestle kompaniyasidan umrining oxirigacha shokolad bilan ta`minlashni talab qildi

Britaniyalik talaba qiz Saima Ahmad Nestle kompaniyasidan umrining oxiriga qadar uni shokolad bilan ta`minlashni talab qildi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.
Bunday qarorga u kompaniya tomonidan ishlab chiqariladigan KitKat shokoladidan sakkiz quti sotib olganidan so`ng kelgan. Saima bunday turdagi shokoladlarning birontasida ham vafli topolmagan.
Londonning Kings kolleji huquqshunoslik fakultetida tahsil oluvchi 20 yoshli talaba qizning so`zlariga ko`ra, u o`tgan yilniing dekabr oyida 2 funt sterling evaziga sifatsiz KitKat shokoladlarini sotib olgan.
“Nestle kompaniyasi KitKat`ning boshqalarga o`xshamagan, o`ziga xos xususiyatlarini tinimsiz reklama qiladi. Ammo men sotib olgan mahsulotimdan xafsalam pir bo`ldi”, — deydi talaba qiz.
U shuningdek, yoqtirgan shokoladi “Vafli va shokoladning o`ziga xos majmui” deya reklama qilinishini ham aytib o`tdi.
Nestle kompaniyasiga yo`llangan xatda talaba qiz kompaniya undan uzr so`rashiga hamda kelajakda o`z mahsulotlariga e`tiborliroq bo`lishiga umid qilishini qayd etdi. Shuningdek, u Nestle`ga bo`lgan ishonchini yo`qolganini va o`ziga moddiy va ma`naviy zarar etkazilganini ta`kidladi. 
Axmad Nestle kompaniyasidan shokoladlarining sifatini nazorat qilishi uchun umrining oxiriga qadar uni shokolad bilan ta`minlashlarini talab qildi. Talaba qiz agar Nestle uning talablarini bajarmagan taqdirda, “huquqiy choralar” ko`rish bilan tahdid qildi.

    Boshqa yangiliklar