AsosiyJamiyat

"Texnogen qor". O`zbekistonda g`ayrioddiy ob-havo hodisasi kuzatilyapti - «O`zgidromet»

'"Texnogen qor". O`zbekistonda g`ayrioddiy ob-havo hodisasi kuzatilyapti - «O`zgidromet»'ning rasmi

So`nggi kunlarda O`zbekiston aholisi g`ayrioddiy hodisani kuzatmoqda – qor donalari huddi tumandan tushgandek yog`moqda.
O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmatining ma`lum qilishicha, bu hodisa O`zbekistonda nihoyatda kam uchraydi, ko`pincha u qishi barqaror sovuq hududlarda kuzatiladi. Ushbu hodisaning vujudga kelish sababi shundaki, u sovuq Sibir antisiklonining ta`siridan kelib chiqadi. Odatda, bunday sinoptik vaziyatda yog`ingarchilik kuzatilmaydi.
Shu bilan birga, er yuzasidagi havo qatlamlarining tungi kuchli sovishi tufayli pastki havo qatlamlari yuqori qatlamlardan sovuqroq bo`lganda, haroratni teskari o`zgarishi sodir bo`ladi. Natijada konveksiyani oldini oladigan “blokirovka qiluvchi” qatlam paydo bo`ladi, u konveksiya hodisasiga to`sqinlik qiladi. Bunday holatda, jadal ravishda ishlaydigan qozonlarning quvvatlari orqali havoga ko`p miqdorda tashlanadigan iliq bug`, huddi shu qatlamga “urilib” tushgandek, quyuqlashadi va qor donalari shaklida yog`adi.

Ushbu hodisani o`rgangan ba`zi tadqiqotchilar buni “texnogen qor” deb atashadi. Biroq, bu butunlay to`g`ri emas. Shunga qaramay, bu antropogen omil ta`sirida o`zgartirilgan tabiiy hodisadir.

    Boshqa yangiliklar