Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 7 yanvar kuni O`zbekistonda kutilayotgan ob-havo haqida ma`lumot berdi.
Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-9° sovuq, kunduzi 3-5° sovuq bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq; Ustyurtda kechasi 15-20° sovuq, kunduzi 2-7° sovuq bo`ladi
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12° sovuq, Navoiy viloyatining shimolida 15-20° sovuq, kunduzi 2-7° sovuq bo`ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 2-7° sovuq bo`ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 2-7° sovuq bo`ladi.
Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 2-7° sovuq bo`ladi.
Respublikaning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Qor ko`chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 3-8° sovuq bo`ladi.






