AsosiyJamiyat

Jizzaxdagi MChJ oshxonasida sodir bo`lgan portlashda qorovul vafot etdi

'Jizzaxdagi MChJ oshxonasida sodir bo`lgan portlashda qorovul vafot etdi'ning rasmi

Jizzax shahar, Bunyodkor mahallasi “A-Sanoat” hududida joylashgan “Irrigasiya invest” mas`uliyati cheklangan jamiyatiga tegishli bino oshxonasida gaz chaqnashi sodir bo`ldi. Bu haqda  Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Unda ma`lum bo`lishicha, ma`muriy binoda joylashgan oshxonaga xavfsizlik talablariga javob bermaydigan gaz plitasi o`rnatilgan. Toshkent shahri Yunusobod tumanida ro`yxatdan o`tib, mas`uliyati cheklangan jamiyatida qorovul vazifasida ishlagan S.D. oshxonaga kirib elektr chirog`ini yoqqan vaqtida, to`plangan is gazining chaqnashi oqibatida tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.  

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. 

Eslatib o‘tamiz, sal avval Qarshidagi xonadonda gazdan portlash sodir bo‘lishi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

    Boshqa yangiliklar