«Masdar» kompaniyasi (BAA) Navoiy viloyatining Karmana tumanida quyosh fotoelektr stansiyasi (FES) qurilishiga kirishdi. Bu haqda Energetika vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, quvvati 100 MVt bo`lgan FES qurilishi loyihasi davlat-xususiy sherikligi asosida amalga oshirilmoqda. Mazkur elektr stansiyasining ishga tushirilishi joriy yilning oktyabr oyiga rejalashtirilgan. U qayta tiklanadigan energiya manbalari (QTEM) asosida faoliyat yurituvchi sanoat miqyosidagi ilk generasiya qilinadigan elektr stansiyasi bo`ladi.
Qurilish maydonchasida ob`ekt qurilishi uchun zarur bo`lgan barcha infratuzilma mavjud.






