AsosiyJamiyat

"Bo`kadagi 15-sonli Mehribonlik uyi". Ombudsman Xalq ta`limi vazirligini hushyorlikka chaqirdi

'"Bo`kadagi 15-sonli Mehribonlik uyi". Ombudsman Xalq ta`limi vazirligini hushyorlikka chaqirdi'ning rasmi

 

Toshkent viloyati, Bo`ka tumani 15-sonli Mehribonlik uyida o`tkazilgan monitoringda avval jinoyat ishi qo`zg`atilgan va aybdor deb topilgan shaxs 2020 yilning 14 dekabrida yana shu muassasaga direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib taynlangan. Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman) axborot xizmati ma`lum qildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman) o`rinbosari — Bola huquqlari bo`yicha vakil Aliya Yunusova va Ombudsman mutaxassislari holatni o`rganish maqsadida Bo`ka tumani 15-sonli Mehribonlik uyiga tashrif buyurdi. 

Ma`lum bo`lishicha, 137 nafar bolalar tarbiyalanayotgan ushbu muassasaning sobiq direktori 2013-2016 yillarda rahbarlik faoliyati davomida moliyaviy kamchiliklarga yo`l qo`yganligi sababli 2017 yilda Jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent viloyati Bekobod shahar sudining hukmiga ko`ra aybdor deb topilgan.

Davlat tomonidan ajratilayotgan mablag`lar, sovg`a-salomlar, ko`ngilli tadbirkorlar tomonidan yuborilayotgan hayriyalar o`z manziliga, ya`ni bolalar qo`liga to`liqligicha etib bormayotganligi to`g`risidagi ma`lumotlarga tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan baho berilishi kerak. Bu masalaga Xalq ta`lim vazirligini aniqlik kiritishi maqsadga muvofiq deb o`ylaymiz, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar